• 03707234769


  •  

    Haftaning eng namunali darsi tanlovi

    Muallif: Admin tomonidan 8-04-2017, 20:31 ko`rildi: 558

    0 Maktabda 2017 yil 13 martdan 18 martgacha fizika, kimyo, biologiya, matematika fanlaridan jadval asosida “Haftaning eng namunali darsi” tanlovi o'tkazildi.
    Tanlovda fizika fanidan fan o'qituvchisi Turanov M 8-a sinfda “Elektromagnit rele ishini o'rganish” mavzusida dars o'tib, 40 balldan 32 ball bilan baholandi. Kimyo fanidan Ziyotova G 7-sinfda “Asoslarni ishlab chiqarish. Laboratoriya ishi” mavzusida dars o'tib 40 balldan 36 ball bilan baholandi. Biologiya fanidan o'qituvchi Shodieva D 8-b sinfda “Asab sistemasining kasalliklari” mavzusida dars o'tib, 40 balldan 32 ball bilan baholandi, o'qituvchi Dodajonova N 7-sinfda “Parrandalarning tabiat hodisalariga munosabati” mavzusida dars o'tib, 40 balldan 34 ball bilan baholandi. Matematika fanidan o'qituvchi Hudoyberdieva M 5-b sinfda “O'nli kasrlarni natural sonlarga ko'paytirish” mavzusida dars o'tib, 40 balldan 30 ball bilan baholandi, o'qituvchi Umarova Z 6-sinfda “Sonlarni bo'lish” mavzusida dars o'tib, 40 balldan 34 ball bilan baholandi.
    Tanlovda barcha fanlardan fan o'qituvchilari noan'anaviy usullar, kompyuter tehnikalari, multimedia jihozlaridan foydalanib, o'quvchilarni faniga qiziqtirgan holda dars o'tdilar.
    Darsda erishilgan yutuq va yo'l qo'yilgan kamchiliklar haqida dars tahliliga kirgan o'qituvchilar bilan fikr almashildi. скачать шаблон для dle скачать бесплатно фильмы

    Kategiriya: Информация